25 Oktyabr 2023 yil 988

IIV Navoiy akademik litseyida – Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bagʻishlab, “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi

IIV Navoiy akademik litseyida – Ichki ishlar organlari xodimlari kuniga bagʻishlab, “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi. Mazkur tadbirga Navoiy viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, faxriylar, litsey jamoasi va ota-onalar qatnashdilar. Maʼruzachilar tomonidan akademik litsey jamoasi va oʻquvchilarga “25-oktyabr Ichki ishlar organlari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining bayram  tabrigi oʻqib eshittirib, litsey xodimlari, oʻqituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladilar. Tadbir jarayonida litseyda oʻtkazilgan koʻrik tanlov gʻoliblari,  xalqaro musobaqa sovrindorlariga faxriy yorliqlar topshirildi.   Shundan soʻng, litsey oʻquvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturiga navbat berilib, osoyishtalik posbonlariga bagʻishlangan sheʼrlar, kuy va qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmat

Text to speech