27 Noyabr 2023 yil 1364

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi qurol-aslaha boʻlimi boshligʻi podpolkovnik B.S.Xamitxonov boshchiligidagi ishchi guruh 7532 harbiy qismdagi qurol-aslaha hamda texnikalarning kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik darajasini oʻrgandi

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonlgi qurol-aslaha boʻlimi boshligʻi podpolkovnik B.S.Xamitxonov boshchiligidagi ishchi guruh 7532 harbiy qismga tashrif buyurdi.  Tashrif davomida texnik taʼminot xizmati faoliyati, harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, texnikalar boʻyicha oʻtkaziladigan koʻrik tanlovi tayyorgarligi koʻzdan kechirildi. Oʻrganishlar davomida  ishchi guruh vakillari harbiy xizmatchilarni ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlari, bunda, harbiy qismda yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanishlari, harbiy bilimlarni egallashlari haqida taʼkidladi. Kuzatilgan kamchiliklar yuzasidan tavsiyalar hamda kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan  chora-tadbirlar xususida topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech