"Ijtimoiy himoya" oyligi doirasida Navoiy viloyati IIBda uzoq yillar xizmat qilgan va ayni paytda nafaqada bo'lgan faxriy ayol xodimalar holidan xabar olindi
“O‘zbekiston-2030” strategiyasida davlat va jamiyat hayotida inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolarini, shuningdek, nafaqadagilarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi faoliyatni yanada kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar organlari tizimida 2025-yilning avgust oyi “Inson qadri uchun” shiori ostida “Ijtimoiy himoya oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan viloyat ichki ishlar organlari tizimida uzoq yillar xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lgan va ayni vaqtda yakka-yolg‘iz yashayotgan faxriy ayollar holidan xabar olindi.
Boshqarmaning “Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi” a’zolari, Davolash-profilaktika muassasalari Tibbiyot bo‘limi shifokori bilan hamkorlikda faxriy ayollarning yashash manzillariga borilib moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatilib, tegishli tibbiy tavsiyalar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati