9 Noyabr 2023 yil 831

“Yashil makon” loyihasi doirasida  Gʻozgʻon shahrida 2000ga yaqin mevali va manzarali koʻchatlar oʻtqazildi

Mamlakatimiz boʻylab  “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda koʻkalamzorlashtirish ishlari jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Xususan Navoiy viloyatining togʻli hamda choʻlli hududlarida daraxt koʻchatlarini ekish, yashillikni koʻpaytirish ishlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Binobarin Gʻozgʻon shahrida ham ichki ishlar xodimlari tomonidan boʻsh yerlarni obodonlashtirish maqsadida 2000ga yaqin mevali hamda manzarali koʻchatlar oʻtqazildi. Viloyat IIB rahbariyati va Gʻozgʻon shahar IIB xodimlarining saʼy-harakati tufayli yerga qadalgan yosh nihollar yillar oʻtib goʻzal manzara kasb etishi shuningdek, xalqimiz dasturxonining toʻkin-sochinligiga xizmat qilishi shubhasiz. Qolaversa, oʻsib kelayotgan yosh avlodga namuna boʻlib vatanparvarlik tuygʻusining yaratilishiga zamin boʻlsa ne ajab. 

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech