16 Noyabr 2024 yil 2506

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zarafshon shahar IIBda bog' tashkil etildi

 Daraxt ekib bog‘ yaratish ezgulik va ulug‘vorlik ramzidir. Atrof-muhitni toza va ozoda saqlash hamda hududni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zarafshon shahrida "Ichki ishlar bo'limi bog‘i" tashkil etildi. 

       Erta tongdan shahar IIB oldida Ichki ishlar, Milliy gvardiya, FVB,  Xalq qabulxonasi, shahar hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari hamda IIO faxriylari yig'ilib, ushbu xayrli tashabbusni qo'llab-quvvatlashdi va bu yo'lda birlashishdi. Dastlab, mutasaddilar tomonidan bog' yaratish ota-bobolarimizdan qolgan milliy qadriyat ekanligi ta'kidlanib, barcha hashar ishtirokchilariga bu xayrli va savobli ishga qo'l urayotganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi. Shundan so'ng, tajribali bog‘bon va dehqonlarning tavsiyalari asosida iqlimga chidamli 1000 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab yuborildi. 

Bunday sa’y-harakatlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, shahar hududi va atrofini ko‘rkam ko‘rinishga keltirishdan iborat. Jarayonlar izchillik bilan davom etmoqda.

     Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech