27 Oktyabr 2023 yil 1074

Qiziltepa tumani IIB xodimlari sana munosabati bilan soha faxriylarini qutladilar

Qiziltepa tumani IIB xodimlari tomonidan 25-oktyabr “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Qiziltepa tumani ichki ishlar boʻlimi tashabbusi bilan “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Qiziltepa tumani IIBda xizmat qilgan marhum kapitan Abdurazzoq Bobomurodov xotirasiga bagʻishlab xatmi-Qurʼon oʻqitildi. Shu kuni “Qalayi-Azizon” jomeʼ masjidiga uni xotirlash uchun viloyat IIB rahbariyati, xizmatdoshlari va sinfdosh oʻrtoqlari hamda mahalla ahli tashrif buyurib uning tuman osoyishtaligiga qoʻshgan beqiyos hissasi, koʻrsatgan jasorati haqida suhbatlashdilar.  

Bundan tashqari, bayram munosabati bilan Qiziltepa tumani IIBda koʻp yillar xizmat qilib nafaqa gashtini surayotgan faxriy ustozlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib holidan xabar olindi rahbariyatning bayram tabrigi yetkazildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech