9 Yanvar 2024 yil 2608

Qiziltepa tumani mahallalarida profilaktika inspektorlari hisobotlari tinglandi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi IIVning "Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining hisobotini fuqarolar yigʻinlarida eshitish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi” asosida mahallalardagi profilaktika inspektorlari va mahalla beshligining xalq oldida hisobotlari oʻqib eshittirildi. Xususan, Qiziltepa tumani Oqrabot, Furqat, Vangʻozi, Ziyokor va Rabot mahalla fuqarolar yigʻinida keng jamoatchilik uchun profilaktika inspektorlari hisobotlari tinglandi. Unda mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha bajarilgan ishlar tahlil etilib, aholi orasida oʻgʻrilik, firibgarlik, talonchilik kabi jinoyatlarning sodir etilishining muhim omillari muhokama etildi. Tadbir davomida fuqarolarni loqayd boʻlmasliklari, ogohlik bilan ish koʻrish lozimligi boʻyicha tushunchalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech