19 Sentyabr 2024 yil 754

Qiziltepa tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan bandlik, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda sektor rahbarlari tomonidan joylarda tashkil etilayotgan ommaviy sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boisi, turli yo‘nalishdagi murojaatlar yechimi shu sohaga tegishli mutasaddilar bilan tez va samarali hal etilishi shubhasiz. Bu galgi ommaviy sayyor qabulda ham viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan fuqarolarning bandlik, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari tinglandi. Jarrohlik muolajasi, dori-darmon va davolash profilaktikasi yuzasidan ko‘plab muammolar qabul jarayonida mutasaddilar bilan hamkorlikda birlamchi o‘rganildi. 

Har bir murojaat qonun doirasida ko‘rib chiqildi va bu orqali fuqarolarning bugungi kundan roziligi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ta’minlandi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech