20 Dekabr 2023 yil 2329

Karmana tumani IIB Probatsiya nazoratidagi 11 nafar mahkum  belgilangan  jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi

   Jamiyatimizda belgilangan meʼyoriy talablarga amal qilmagan yoki oʻz nafsi yoʻlida huquqbuzarlik sodir etgan kishi albatta qonun oldida javob beradi. Ayni paytda  jinoyat sodir etgan shaxslarni axloqan tuzatish,  jamiyatdan ajratmagan holda jamoatchilik bilan uzviy hamkorlikda qayta tarbiyalash masalasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. 

L.M ham oʻz qilgan qilmishi uchun Karmana tumani IIB probatsiya guruhi nazoratiga olingan edi. Oʻtgan vaqt mobaynida olib borilgan tushuntirish, targʻibot ishlari  uni xatosidan tegishli xulosa chiqarishga undadi. Shuning uchun jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudiga kiritilgan taqdimnomalardan birida uning ham ism-sharifi qayd etilgan edi.

Viloyat bolalar kutubxonasda tashkil etilgan sud jarayonida probatsiya guruhi nazoratidagi  mahkumlarning ishi koʻrildi. Binobarin, 11 nafar mahkum namunali xulq-atvori hamda qilmishidan chin dildan pushaymonligi hisobga olinib belgilangan  jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech