1 Noyabr 2023 yil 956

Karmana tumani IIB probatsiya hisobidagi shaxslar bilan profilaktik suhbatlar olib borildi

Navoiy viloyatining barcha shahar-tumanlarida probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan bir qator umumprofilaktik tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, Karmana tumani  IIB Probatsiya hisobidagi bir guruh shaxslarni nazorat qilish maqsadida yashash xonadonlariga tashrif buyurildi. Probatsiya nazoratida boʻlgan mahkumlar bilan uchrashuv davomida ularga qoʻllanilgan jazo tartib qoidalari,  faqat belgilangan vaqtda koʻchada harakatlanish hamda qayta jinoyat sodir etmaslik boʻyicha tushunchalar berildi. Shuningdek, ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash boʻyicha takliflar berildi. Shu kuni qonun bilan tartibga solingan qoidalarga amal qilmagan shaxslar jazo turi ogʻirrogʻiga almashtirilishi yuzasidan qatʼiy ogohlantirildi.  


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech