3 Noyabr 2023 yil 904

Karmana tumani IIB JXX HPB xodimlari tomonidan joylarda targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda

“Obod va xavsiz mahalla” tamoyili asosida, Karmana tumanidagi Jaloyir mahalla fuqarolar yigʻinida huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati tuman IIB JXX HPB xodimlari tomonidan targʻibot tadbirlari tashkil etildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir avvalida ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda mahalla faollari va tibbiyot xodimlari bilan tadbir oldi uchrashuv tashkil etildi.

Soʻng ijtimoiy himoyaga muhtoj  xonadonlariga tashrif buyurilib muammolari oʻrganildi. Shuningdek, xasta bemorlar holidan xabar olindi. Hamkorlikda jam boʻlgan mutasaddilar tomonidan mahalla hududida aholi toʻplanadigan joylarda, savdo doʻkonlarida firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatlarini oldini olishda ogoh boʻlishimiz, shubhali shaxslar haqida profilaktika inspektorlariga xabar berish lozimligini aytib targʻibot bukletlari tarqatildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech