Karmana tumanida boʻlib oʻtgan sayyor sudda probatsiya nazoratidagi 11 nafar mahkum shartli ravishda ozod etildi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida ozodlikdan mahrum etilib jazosini oʻtayotgan, ayni damda qilmishiga pushaymon va qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan bir guruh shaxslarni avf etilishini misol qilishiiz mumkin. Xususan, jinoyat ishlari boʻyicha Karmana tuman sudi raisligida Beshkent mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Ochiq sud majlisida Karmana tuman IIO Probatsiya guruhi nazorati ostida jazo muddatlarini maʼlum bir qismini oʻtab, hozirda qilgan jinoyatidan pushaymon boʻlgan hamda toʻzalish yuliga kirgan 11 nafar mahkumlarga nisbatan sud tomonidan tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi. Yigʻilish jarayonida ularga takroran jinoyat sodir etmasliklari, aks holda ogʻir jazo tayinlanishi haqida ogohlantirildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati