15 Noyabr 2023 yil 801

Karmana tumani IIB xodimlari ishtirokida shaxmat musobaqasi tashkil etildi

Jismoniy va jangovar oylik doirasida Karmana tumani IIB xodimlari oʻrtasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada ishtirok etgan xodimlar oʻyin orqali tafakkurlarini charxlash barobarida vaziyatdan chiqish, muqobil tanlov qilish bilimlarini sinovdan oʻtakzdilar.  Musobaqada 3-oʻrinni leytenant Oydinoy Erkinova 2-oʻrinni leytenant Umid Iskandarov egallagan boʻlsa, katta leytenant Mohinur Turobova 1-oʻringa munosib deb topildi. Shaxmat ixlosmandlari orasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlar rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech