30 Iyul 2025 yil 1051

Karmana tumanidagi kriminogen vaziyati og'ir va jinoyatchilik holati "qizil" toifada bo'lgan mahallalarda o'rganishlar olib borildi

  Mamlakatimiz rahbarining kriminogen vaziyatni yaxshilash, mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida qabul qilingan qarorlari ijrosini ta'minlash yuzasidan Navoiy villoyatida qator samarali ishlar  amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Baxodir Axmedov  o’ziga biriktirilgan Karmana tumanidagi kriminogen vaziyati og'ir va jinoyatchilik holati "qizil" toifada bo'lgan mahallalarda o'rganishlar olib bordi. Dastavval, tumandagi "Beshkent" MFYda mahalla yettiligi va faollari ishtirokida yig'ilish tashkil etilib, joriy yil boshidan hozirga vaqtga qadar sodir etilgan jinoyatlar atroflicha muhokama etildi hamda kelgusida mahalla hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan  chora-tadbirlar belgilab olindi.  Shuningdek, yig’ilganlarga kiberjinoyatlarning qurboniga aylanib  qolmasliklari, shaxsiy ma’lumotlarini hech kimga taqdim etmasliklari yuzasidan bir qancha tushunchalar berildi. O’rganishlar “Sardoba” MFYda davom ettirilib amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib,mavjud kamchiliklar muhokama etildi. Voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo’lgan salbiy holatlarning oldini olish bo’yicha bir qancha vazifalar belgilab berildi.

  Bu kabi o’rganishlar tumanning boshqa mahallalarida ham davom etmoqda.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech