Karmana tumanida oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyat keng jamoatchilik bilan muhokama etildi
Navoiy viloyati prokurori hamda Viloyat IIB boshlig‘i ishtirokida Karmana tumani "Katta Machit" MFYda sodir etilgan jinoyat yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mahalla faollari, nuroniylar hamda tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etgan mazkur muhokamada jiinoyatning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari hamda bunday holatlarning oldini olish choralari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, oila muqaddasligi, farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish lozimligi xususida so‘z yuritildi.
Mas’ullar tomonidan har qanday jinoyatga jazo muqarrar ekanligi, bir lahzalik jahlga erk berishning salbiy oqibatlari tushuntirildi. Yig‘ilish davomida fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar, nazorat tadbirlarini kuchaytirilgan tartibda olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati