Xonadonlarimiz fayzi sanalmish keksalarga hurmat ko‘rsatish, shuningdek, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha qator ma’naviy-ma’rifiy, sport, obodonlashtirish va xayriya tadbirlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Navoiy viloyati IIBda ham “Keksalar haftaligi” munosabati bilan shaxmat musobaqasi tashkil etildi. Unda, Boshqarma sohaviy xizmatlari va shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarining fidoyi faxriylari ishtirok etishdi. Musobaqa maxsus shaxmat klubida tashkil etilgani shatranj ixlosmandlarini o‘yinga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.Ko‘p yillik hayotiy tajribaga ega soha faxriylari shaxmat maydonida ham murosasiz bellashdilar. Bahs va munozaralarga boy kechgan musobaqada iste’fodagi katta serjant Rustam Bekmurodov faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 2- va 3-o‘rinlarni esa iste’fodagi mayor Bahriddin O‘tanov hamda iste’fodagi katta serjant Gʻanisher Ahmedovlar band etdi.
Aql charxi musobaqasi g‘oliblari viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: