Navoiy viloyati IIBda o'tkazilgan ma'naviyat va ma'rifat soati doirasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi
Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilm-u-donishning asosigina bo'lib qolmay, hayotni yaratuvchi murabbiy hamdir.
Ichki ishlar organlari xodimlarining manaviy dunyoqarashi va bilimlarini muntazam oshirib borishda tizimda o'tkazilishi belgilangan ma'naviyat va ma'rifat darsi bu gal "Kitob-tafakkur xazinasi" mavzusida o'tkazildi. Mavzuni yoritib berish uchun Navoiy davlat universiteti dotsenti, "Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi" direktori dotsent Xurshid Qurbonov so'zga chiqib, bilim manbai bo'lgan kitobning hayotimizdagi o'rni, ruhiyatimizga bo'lgan ta'siri haqida so'z yuritdi. Dars jarayonida Respublika hududida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar to'g'risida ham ma'lumotlar berilib, har bir xodim xizmat vaqtida o'z xizmat vazifasiga sidqidildan yondashib, qonunbuzilish holatiga yo'l qo'ymasligi haqida ta'kidlandi. Shuningdek, viloyat IIB boshlig'ining buyrug'iga asosan 2 nafar xodimga navbatdagi maxsus unvon topshirildi. Shundan so'ng boshqarma binosida xodimlar uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi. Unda xodimlar o‘zbek va rus tillarida nashr qilingan o‘zbek hamda jahon adabiyotining nodir asarlarini shuningdek, farzandlari uchun turli mazmundagi kitoblarni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati