16 Dekabr 2023 yil
1220
Konimex tumani IIB boshligʻi 3-sektor rahbari hududdagi tibbiyot markazi faoliyatini oʻrgandi
Tuman IIB boshligʻi tibbiyot birlashmasida boʻlib, bemorlar va shifokorlar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Shuningdek kuzatuv davomida qishki mavsumga tayorgarlik darajasi, isitish tizimlari, aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish samaradorligi boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan ayrim kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish boʻyicha tibbiyot markazi rahbari va masʼullarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati