2 Noyabr 2023 yil 769

Konimex tumani IIBda “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi

Navoiy viloyati Konimex tumani IIB xodimlarining jangovar shaylik va jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida maxsus oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Mashgʻulotlarda ommaviy tartibsizlikni bartaraf qilish, kundalik xizmatda hamda jangovar vaziyatlarda qoʻllaniladigan maxsus vositalar va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek maxsus transport vositalari va oʻqotar qurollar, zararsizlantirish qurilmalari haqida toʻliq maʼlumot berildi. Shu bilan birga “Kalashnikov” avtomati va “Makarov” pistoletlarining taktik texnik xususiyatlari, qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha malakalari oshirildi. Amaliyot  soʻngida  yakuniy sinov mashgʻulotlari tashkil qilinib, xodimlarning jismoniy-jangovar tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech