"Dolzarb-10 kunlik" tadbiri doirasida Navoiy viloyati IIB boshlig'i Konimex tumanidagi ijtimoiy obyektlarning xavfsizligi va mavsumiy tayyorgarligini ko'zdan kechirdi
Hududlarda kriminogen vazityani yaxshilash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, mavsumni betalafot o‘tkazish, aholiga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish hamda bunga mas’ul idora-tashkilotlar va ijtimoiy obektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirish maqsadida Navoiy viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev rahbarligida Konimex tumanida o‘rganishlar olib borildi.
Tuman hokimi, mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokidagi o‘rganishlarning dastlabgisi Konimex tuman politexnikumida o‘tkazildi. Unda tahsil oluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, xavfsizlik choralari ko‘zdan kechirildi. Tuman ixtisoslashtirilgan maktabida olib borilgan o‘rganishlarda esa issiqlik tarmog‘i, bino va xonalar harorati ham tekshirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shundan so‘ng, elektr ta’minoti korxonasi hamda tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurilib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, favqulotda holatlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan materiallar va zarur dori vositalari zahirasi ko‘zdan kechirildi va mas’ullarga tegishli topshiriq, tavsiyalar berildi.
Eslatib o‘tamiz,ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlar hududlar bo‘ylab davom ettiriladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati