23 Iyul 2025 yil 485

Navoiy viloyati IIBning korrupsiyaga qarshi kurashish ishchi guruhi tomonidan joylarda sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda

 Korrupsiya jamiyatda nizo va ishonchsizlikni paydo qiluvchi, tizim taraqqiyotiga jiddiy ta’sir etuvchi illatdir. 

  Navoiy viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan sayyor uchrashuvlarda ham xodimlar ishtirokidagi korrupsion holatlarni oldini olish mavzusiga alohida e’tibor qaratildi. Navoiy viloyati IIB JXX JTSB, PPXB hamda HPB xodimlari ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar mazkur illatning salbiy oqibatlari, xodimlar o‘rtasida ta’magirlik va korrupsion harakatlarni oldini olish yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Shuningdek, Boshqarma IIB YHXB xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda xizmat qonunchiligi hamda intizomga qat’iy rioya qilish, halol va odil bo‘lish lozimligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, Navoiy viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi uchrashuvlar tumanlar kesimida davom etadi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech