9 Avgust 2025 yil 291

Navoiy viloyati IIBda “Manfaatlar to’qnashuvi-korrupsiya o’chog’i” mavzusida ma’naviyat va ma’rifat darsi o’tkazildi

  Korrupsiya jamiyatda adolat, tenglik, sog'lom raqobat va halollik ustun bo'lishiga to'sqinlik qiladigan, davlat va jamiyatning rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi illatlardan biridir. 

  Navoiy viloyati IIBda navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsida "Manfaatlar to'qnashuvi-korrupsiya o'chog'i" mavzusida dars mashg'uloti o'tkazildi. Jarayonda mutaxassis xodim tomonidan korrupsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotga, kishining hayotiga salbiy ta'siri haqida hamda  manfaatlar to'qnashuvida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holatlar yuzasidan tushunchalar berildi.  Shuningdek, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Navoiy viloyati bo'yicha bo'limi vakili tomonidan Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan salbiy holatlar to'g'risida ma'lumotlar yetkazilib, har bir xodim xizmat intizomiga qat'iy rioya qilishi, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'ymasligi, xizmat faoliyati davomida mas'uliyatli bo'lishi lozimligi ta'kidlandi. Bu kabi dars mashg'ulotlari xodimlarning ma'naviy-ma'rifiy bilimini yanada oshirish, jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri bo'lgan halollik va adolat qadriyatlarini mustahkamlashda muhim o'rin tutadi.

  Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech