Ekspert kriminalistika markazi xodimlari IIV Navoiy akademik litseyida oʻquv-mashgʻuloti tashkil etdi
Navoiy violoyati Ichki ishlar boshqarmasi Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassis ekspertlari hamda akademik litseyi oʻquvchilari bilan koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Oʻquv mashgʻuloti “Kriminalistika fanining predmeti, tizimi va vazifalari hamda Kriminalistika ekspertizasi turlari” mavzulari asosida tashkil etildi. Shuningdek, oʻquv mashgʻuloti davomida oʻquvchilarga bugungi kunda ekspert-kriminalistika markazida oʻtkazilayotgan ekspertiza turlari, jinoyatlarni fosh etishda hodisa sodir boʻlgan joylarni koʻzdan kechirishning ahamiyati toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Oʻquvchilarga sodir etilgan huquqbuzarliklarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻz vaqtida aniqlash va qisqa muddatlarda fosh etish, ashyoviy dalillar orqali oʻtkazilib kelinayotgan kriminalistik tadqiqotlarning zamonaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Oʻquv muassasalaridagi bu kabi uchrashuvlarni yoshlarni mazkur sohaga qiziqishlari, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishlarida muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati