27 Fevral 2025 yil 2331

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasidagi samarali ishlar Navoiy shahrida olib borilmoqda

  Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini o‘z vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimining samaradorligini yanada oshirish dolzarb vazifa sifatida namoyon bo‘lmoqda.

  Mamlakatimiz rahbarining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan Navoiy viloyatida ham samarali ishlar amalga oshirildi. Xususan, zamonaviy videokuzatuv kameralari bilan jihozlash ishlari viloyat markazida yo‘lga qo‘yildi. “Xavfsiz raqamli mahalla” konsepsiyasini amalga oshirish maqsadida, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan “qizil” toifadagi 46 ta mahallalar sektor xodimlari bilan birgalikda o‘rganib chiqilib, natijasi o‘laroq, IIV “Xavfsiz shahar” markazi tomonidan keltirilgan shaxsni yuz qiyofasidan aniqlovchi, avtotransport vositalarini davlat raqamidan aniqlovchi va PTZ turdagi jami 105 ta kuzatuv kameralari Navoiy shahrining Bunyodkor, Zarafshon, Taraqqiyot, Kimyogar hamda Tinchlik mahallalari hududiga o‘rnatildi hamda ko‘chalar "Xavfsiz ko‘cha"ga aylantirildi. Videokuzatuv kameralarini ishga tushurishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari bilan shartnomalar tuzilib, yagona platformada integratsiyalashtirildi. Jarayonlar viloyat bo‘ylab jadallik bilan olib borilmoqda. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech