5 Dekabr 2023 yil 1136

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida tashkil etilgan psixologlar forumida viloyat IIBda faoliyat olib borayotgan psixologlar faol ishtirok etishdi

Mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama ulgʻayotgan navqiron avlodning taʼlim tarbiyasi, maʼnaviyati va madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor, gʻamxoʻrlik mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatning eng ustivor yoʻnalishidir. Navoiy shahrida “Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi ijtimoiy-psixologik xizmat va kasb-hunarga yoʻnaltirishda innovatsion yondashuv” mavzusida tashkil etilgan psixologlar forumi taʼlim tizimida psixologiya nufuzini yanada oshirdi. Mazkur forumda Navoiy viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi katta psixolog-poligrafologi kapitan Mavluda Orziyeva  oʻz maruzasi bilan ishtirok etdi. Soʻzida yoshlar tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, ularning innovatsion gʻoyalarini amaliyotda tatbiq etishda koʻmaklashish, yoshlarni vatan ravnaqi yoʻlida  ijodiy va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun sharoit yaratishga doir psixologik tavsiyalar berib oʻtdi.

Forum doirasida oʻquvchi-yoshlarning ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlashda hamda kasb-hunarga yoʻnaltirishning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishda  samarali faoliyat olib borayotgan bir qator amaliyotchi psixologlar qatorida Navoiy shahar IIBning inspektor-psixologi leytenant Shohsanam Qilicheva taqdirlandi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech