Navoiy viloyati IIBda navbatdagi ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi
Ichki ishlar organlari xodimlarining ma'naviy dunyoqarashi va bilimlarini muntazam oshirib borishda tizimda o'tkazilishi belgilangan ma'naviyat va ma'rifat soatlarining ahamiyati katta. Navbatdagi darsda Navoiy shahar salomatlik markazi boshlig'i tomonidan xodimlarga sog'lom ovqatlanish va sog'lom turmush tarziga amal qilish, zararli mahsulotlardan voz kechib, tabiiy mahsulotlarni ovqatlanish ratsioniga qo'shish hamda gazli va spirtli ichimliklarning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar berildi. Dars jarayonida xodimlarning ijtimoiy himoyasi, ma'naviy-ma'rifiy va jangovor tayyorgarligi haqida ham so'z yuritildi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan bu kabi darslar xodimlarni ruhan qo‘llab-quvvatlash hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati