13 Dekabr 2023 yil 746

Navbahor tumani IIB xodimlari tomonidan xonadonbay tizimda profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda

Navbahor tuman IIB xodimlari hududdagi Oʻrta Zarafshon dala hovlilarida istiqomat qilayotgan fuqarolar xonadonlarida boʻlib muammolari oʻrganildi. Xonadonbay oʻrganishlar davomida yoshlar va xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha targʻibotlar tashkil etildi. Shuningdek, notinch, ajrim yoqasidagi oilalar bilan profilaktik suhbatlar tashkil etilib ularga ruhiy va jismoniy zoʻravonlik oqibatlari hamda belgilangan qonuniy javobgarliklar haqida huquqiy tushunchalar berildi.  


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech