21 Noyabr 2023 yil 931

Navbahor tumani IIBda “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi

Bugun sportga har qachongidan ham eʼtibor yuksalmoqda. Ayniqsa ichki ishlar organlari xodimlarini muntazam jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” doirasida Navbahor tumani IIB sohaviy xizmat xodimlari oʻrtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Stol tennisi toʻpini chaqqonlik bilan boshqarib koptok harakati muvozanatini aʼlo darajada saqlagan mahoratlilar musobaqada murosasizlikka erishdi. Qizgʻin bahslar yakunida ballar hisoblanib gʻoliblar aniqlandi. 3-oʻrinni katta leytenant Jonibek Toshov,  2-oʻrinni katta leytenant Lazizjon Shermurodov egallagan boʻlsalar 1-oʻrin kapitan Shamsiddin Usarovga nasib etdi. Gʻoliblar tuman IIB boshligʻining diplom va qimmatbaho sovgʻlari bilan taqdirlandilar.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech