20 Noyabr 2023 yil 811

Navoida IIB xodimlari ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi

Kitob oʻqish inson uchun muvaffaqiyat va saodat eshiklarini ochuvchi kalitdir. Ilm izlash, kitob, gazeta va jurnallarni mutolaa qilish kishining dunyoqarashini kengaytiradi, ruhiy barkamollik hissini beradi. Har sohada muloqot kirishuvchanligi qobiliyatini rivojlantirish maqsadida Navoiy viloyati IIB tarkibiy va hududiy tuzilmalarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intelektual  oʻyini oʻtkazildi.

Xodimlardan  iborat 11 ta jamoa “Zakovat intellektual klubi” Nodavlat-notijorat tashkiloti tomonidan taqdim etilgan savollaga aniq va asosli ravishda javob berishdi.

Keskin va murosasiz oʻtgan tanlov natijalariga koʻra Xatirchi tumani Ichki ishlar boʻlimi jamoasi faxrli 1-oʻrinni, Konimex tumani Ichki ishlar boʻlimi jamoasi 2-oʻrinni hamda Qiziltepa tumani Ichki ishlar boʻlimi jamoasi 3-oʻrinni egallashdi. Tanlov gʻoliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  Shuningdek, taqdirlash marosimi yakunida Navoiy viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Muqimov soʻzga chiqib tadbir ishtirokchilari hamda gʻoliblarni samimiy muborakbod etdi hamda Ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-marifiy islohotlar taxsinga sazovor ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech