10 May 2024 yil 1831

Navoiy shahri hududida “Turmush” profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Nizolashayotgan oilalar tomonidan oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning sodir etilishini oldini olish va bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida Navoiy shahri hududida 1-may kunidan 15-may kuniga qadar keng qamrovli “Turmush” profilaktik tadbiri oʻtkazilib kelinmoqda.

Mazkur tadbirda Navoiy shahar IIB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, profilaktika inspektorlari, MFY faollari bilan hamkorlikda xonadonlarda kelishmovchiligi mavjud boʻlgan, ayniqsa rashk, mol-mulk talashish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqib spirtli ichimlik istyemol qiluvchi shaxslarning roʻyxatlari shakllantirildi.

Mazkur oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy, tarbiyaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha tushuntirishlar olib borildi. Qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelayotgan xotin-qizlar bilan fuqarobay ishlar olib borildi. 

Shuningdek, ijtimoiy-moddiy va psixologik koʻmakka muhtoj, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollarning muammolarni fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar bilan hamkorlikda qonuniy tartibda bartaraf etish boʻyicha ham manzilli ishlar olib borildi. 

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech