14 Dekabr 2024 yil 958

Navoiy shahrida “Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi

Navoiy shahri IIB xodimlari ishtirokida “Xavfsiz hudud-dolzarb 50 kunlik” doirasida yo‘riqnoma tashkil etildi. Unda nazorat-reyd tadbirlarini kuchaytirilgan tartibda olib borish, mahallalar, xonadonlar kesimida jinoyat va huquqbuzarliklar bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish topshiriqlari berildi. So‘ng xodimlar yo‘nalishlari doirasida xizmatga kirishib,  muammoli, janjalkash oilalar va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar olib borishdi. Shuningdek, mahalla hududida aholi to‘planadigan gavjum joylar, ta’lim muassasalarida firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari bo‘yicha targ‘ibotlar olib borilib, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech