Navoiy shahrida profilaktika inspektorlari tomonidan taʼlim muassasalaridagi voyaga yetmaganlar bilan profilaktik ishlar amalga oshirildi
Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari bilan “Davomat” tadbiri tashkil etildi. Unda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha profilaktika inspektori hamda muassasa mutasaddilari bilan hamkorlikda oʻquvchilarning darslardagi ishtiroki, maktab ichki tartib intizomiga rioya etishi, kelib-ketish jarayonlarida jamoat tartibini buzmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, aksariyat oʻquvchilarning xonadonlariga borilib ota-onalari bilan farzandining xulq-atvori masalasida suhbatlashildi. Farzand tarbiyasida nazoratni yoʻqotmaslik, aks holda yuzaga kelayotgan salbiy oqibatlar misol keltirilib, huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati