16 Aprel 2024 yil 1116

Navoiy viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.Tasbayev, DXX viloyat boshqarmasi boshlig'i polkovnik E.Urunov hamda Xatirchi tumani hokimi U.Adizovlar yoshlar bandligini taʼminlash masalasida “Saroy” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-aprelda qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Xatirchi tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun Navoiy viloyat IIB boshligʻi polkovnik A.Tasbayev, DXX viloyat boshqarmasi boshlig'i polkovnik E.Urunov hamda Xatirchi tumani hokimi U.Adizovlar yoshlar bandligini taʼminlash masalasida “Saroy” mahallasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Unda davlatimiz rahbarining ushbu qaroriga asosan tuman hokimliklari zahirasidagi yer maydonlari elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga berilishi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi  yangi tizim joriy etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi va bu borada masʼullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, masʼullarga xorijda mehnat qilayotgan yoshlarni vatanga qaytarish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrish, “Yoshlar daftari” roʻyxatidagi  yoshlarga yer maydonlari ajratib berish orqali tadbirkorlik faoliyat bilan shugʻullanishlariga alohida eʼtibor qaratish lozimligi boʻyicha koʻrsatmalar berildi.


Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech