9 Fevral 2024 yil 5067

Navoiy viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazi xodimlari prokuratura xodimlari uchun oʻquv-amaliy mashgʻulot tashkil etdi

“Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilishida ahamiyat berilishi lozim boʻlgan holatlar hamda hodisa joylaridan qoʻl barmoq izlari va boshqa jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan ashyoviy dalillarni olish tartibi” mavzusida tashkil etilgan mashgʻulotda viloyat IIB Ekspert kriminalistika markazi xodimlari malakasidan foydalanilid. Markaz xodimlari sodir etilgan ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar boʻyicha hodisa joylaridan ashyoviy dalillarni olish tartibi, ayniqsa qoʻl-barmoq izlarini aniqlash va sifatli olish boʻyicha nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilib, xodimlarga tushunchalar berildi. Shuningdek, kriminalistik-texnika vositalari, laboratoriya jihozlari va maxsus texnikalardan foydalangan holda qoʻl-barmoq izlari aniqlash jarayoni amaliyotda bajarib koʻrsatildi. 

Shu bilan bir qatorda xodimlar yoʻl-transport xodisalari bilan bogʻliq hodisa sodir boʻlgan joylarni koʻzdan kechirishda jinoyat ishi uchun ahamiyatli boʻlgan dalillarni toʻplash, yigʻish va qayd qilishda yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish toʻgʻrisida  maʼlumot berishdi. 

 Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech