19 Iyul 2024 yil 1162

Navoiy viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida oʻtgan davrda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sarhisob yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Navoiy viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari polkovnik Zohidjon Qayumov raisligida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, Ekspert-kriminalistika markazi, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ularni quyi boʻlinmalari xodimlari bilan joriy yilning 6 oylik ish yakunlari hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan kelgusidagi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan tezkor yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda sohaviy xizmat rahbarlarining yarim yilda amalga oshirilgan ishlari, erishilgan ijobiy natijalari bilan bir qatorda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan maʼruzalari tinglandi.

Yigʻilish tanqidiy ruhda oʻtkazilib, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarga alohida toʻxtatalib, fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida qonuniy hal etilishini taʼminlash, fuqarolikni rasmiylashtirish va pasport-viza masalalarida ortiqcha ovvoragarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik, bu borada murojaat etuvchilarga imkon darajasida shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda Jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga qatʼiy amal qilish, fuqarolar va davlat manfaatlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish ahvolini yanada yaxshilash, fosh etilmay qolayotgan jinoyatlar boʻyicha ularni aniqlashga qaratilgan sohaning boshqa xizmatlari bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etib, jabrlanuvchilarni oʻz vaqtida jinoyat ishi holati bilan xabardor etib borish va shu kabi masalalarga jiddiy eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. 

Tadbir davomida, xizmat faoliyatida bir qator ijobiy koʻrsatkichlarga erishib, hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh xodimlar eʼtirof etilib, ularga viloyat IIB boshligʻining faxriy yorligʻi hamda pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi. 

Shuningdek, xodimlarning xizmat faoliyatini moddiy-texnik jihatdan yaxshilash hamda ish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, viloyatning har bir tumaniga zamonaviy xizmat kompyuterlari va fatoapparatlar topshirildi.

  Yigʻilish soʻngida, polkovnik Z.Qayumov tomonidan bugungi kunda soha xodimlari tomonidan sodir etilayotgan noxush holatlar hamda qonunbuzilishlar xodimlar eʼtiboriga yetkazilib, har bir xodim ushbu salbiy holatlardan oʻziga tegishli xulosa chiqarib olishi, poraxoʻrlik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etilishiga yoʻl qoʻymasligi, halol va vijdonan xizmat vazifalarini ado etishi, qonun doirasida protsessual harakatlarni amalga oshirishi yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech