11 Mart 2025 yil 811

Navoiy viloyat IIBda bayram tadbiri tashkil etildi

Eng go‘zal oyning eng nafis bayrami - xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish an’anasi yil sayin umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lib bormoqda. Zero, jamiyatning madaniyat darajasi, ma’naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. 

Xususan, “8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati ichki ishlar organlari tizimida samarali mehnat qilayotgan, huquq-tartibotni ta’minlash va jamiyat farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ayol xodimalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir avvalida  O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining xotin-qizlarga bag‘ishlangan tabrigi o‘qib eshittirildi. 

Viloyat IIB boshlig‘i xotin-qizlarni bayram bilan samimiy qutladi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni va ichki ishlar organlaridagi xizmatini yuqori baholab, ularning jasorati va mehnatsevarligini e’tirof etdi. 

Shundan so‘ng, boshqarmaning ayol xodimalari Vazirlik tomonidan ta’sis etilgan idoraviy ko‘krak nishonlari, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Mayor Sarvinoz Dushanovaga jamiyatda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va Gender tenglikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi uchun muddatidan oldin navbatdagi "podpolkovnik" maxsus unvoni topshirildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech