9 Sentyabr 2024 yil 714

Navoiy viloyati 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor uchrashuvi karmanalik fuqarolar bilan tashkil etildi.

Fuqarolarning muammolarini o‘rganish, murojaatlarni o‘z vaqtida eshitish va ularni tezkorlik bilan hal etish, har bir rahbar ish faoliyatining bosh me’zonini tashkil etmoqda. 

Viloyat 3-sektor rahbari, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor uchrashuvi karmanalik fuqarolar bilan tashkil etildi. “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda boshqarma boshlig'i, polkovnik Azad Tasbayev hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Sharof Uralov tomonidan  fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan, yillar davomida yechimini kutayotgan masalalar ko‘rib chiqildi. 

Ishsizlik, tibbiy yordamga muhtojlarga ko‘mak berish, elektr energiyasi va gaz muammosi kabi yigirmaga yaqin dolzarb ijtimoiy muammolar ko‘rib chiqildi. 

Ta’kidlash lozimki, sektor rahbari tomonidan shu kuni “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning bugungi holati bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borildi.

Sayyor qabul natijasida karmanalik ko‘plab fuqarolar o‘z murojaatlariga ijobiy yechim topishdi. Ayrim masalalar yuzasidan esa mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech