2 Noyabr 2023 yil 730

Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi koʻkalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar

Bugungi kunda ekologik muammolar koʻplab mamlakatlarning global mavzusiga aylanib ulgurgan. Bu esa, butunjahon hamjamiyatini ona tabiatni asrashga chaqirmoqda. Davlatimiz rahbarining mazkur yoʻnalishdagi faol tashabbusi ortidan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

  Xususan Navoiy viloyati IIBda ham mazkur loyiha doirasida koʻkalamzorlashtirish ishlari avj pallada. Viloyatning barcha shahar-tumanlarida boʻsh yoki qarovsiz yerlarni obodonlashtirish, qolaversa yoʻllar atrofida manzarali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish ishlari olib borilmoqda.   “Yashil makon” loyihasi umummilliy harakatga aylanib, hozirgi kunda oʻziga xos qadriyat sifatida namoyon boʻlayotganining asoiy sababi shundaki, obodonlashtirish hamda hududlar tabiatiga yashillik bagʻishlash ishlariga mahalla va keng jamoatchilikning keksayu-yoshi oʻz hissasini qoʻshmoqda. Binobarin Nurota, Navbahor hamda Xatirchi tumanlarining togʻli hududlarida ham har yili mavsumda ichki ishlar xodimlari tomonidan ekilgan koʻchatlar oʻsib qad koʻtargan. Bu yil ham shu kabi ezgu maqsad bilan bel bogʻlagan xodimlar Navoiy, Zarafshon shaharlarning mahallalariyu, idora yer maydonlarida turli nihollar yekish ishlari olib borilmoqda.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech