17 Iyun 2025 yil 1926

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi harbiylashtirilgan soqchilik otryadlariga bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi

Nomzodlar 18 iyun kunidan 20 iyun kuni soat 12:00 ga qadar ro‘yxatga olinadi. Quyidagi maxsus talablarga javob beradigan Navoiy viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi nomzodlar Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasining erkin yollangan ishchi-xizmatchi lavozimlariga ishga taklif etiladi.     

Maxsus talablar: 

- Qurolli Kuchlar saflarida harbiy xizmatni o‘tagan, 

- ma’lumoti oliy, o‘rta yoki o‘rta-maxsus;

- bo‘yi erkak nomzodlar uchun 178 sm.dan, 

ayol nomzodlar uchun esa 170 sm.dan past bo‘lmasligi;

- yoshi 25 yoshdan oshmagan bo‘lishi lozim.

Nomzodlar Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasining quyidagi raqamlariga murojaat etishlari mumkin.

Kadrlar bo‘limi boshlig‘i: +99894-421-17-05

Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i: +99893-684-95-34

Boshqarma navbatchilik qismi: +99879-210-40-47

                   Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech