3 Yanvar 2025 yil 1117

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

       Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik Bahodir Ahmedov rahbarligida mustaqil boshqarmalar va sohaviy xizmatlar rahbarlari hamda shahar-tuman IIB mas’ullari ishtirokida sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda o'tgan davr davomida hudud kriminogen vaziyati, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokamada bo‘ldi. 

   Tanqidiy va tahliliy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jinoyatlarni issiq izida fosh etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar hamda sabablarni aniqlash, bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga bir qator topshiriqlar berildi. 

    Shuningdek, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilishlariga alohida to‘xtalib o‘tilib, fuqarolar bilan nosamimiy munosabatga kirishmasliklari va bu borada nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. 

    Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, rejalar xususida ham so‘z borib, aniq vazifalar belgilab olindi. 

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech