27 Dekabr 2024 yil 3470

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlariga tanlov e’lon qilinadi

 Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi. Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.

    Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga qo'yiladigan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Navoiy viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi 165 (bir oltmish besh) santimetrdan past bo‘lmagan;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari;
- harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari;
- profilaktika inspektorlarining yordamchilari, 
- oliy ta’lim muassasalarini tamomlaganlar.

    Arizalar  kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. Joriy yilning 28-dekabr kunidan 2025-yilning 10-yanvar kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.

    Qo‘shimcha maʼlumotlarni Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sayti, telegram kanali hamda t.me/navviliibnomzod manzili yoki (79) 229-53-00; va (79) 229-52-03 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech