12 Yanvar 2025 yil 1259

Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasida tanqidiy-tahliliy ruhda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi

    Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining 1-o'rinbosari, podpolkovnik Bahodir Axmedov huzurida o'tkazilgan mazkur yig'ilishda boshqarma sohaviy xizmatlari va boshqarma apparati hamda shahar-tuman IIB xodimlari ishtirok etishdi. Dastlab, jinoyat va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, xizmat hamda ijro intizomi borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahvoli xususida ma'lumotlar tinglandi. Viloyat hududida o'tgan va joriy davrda qayd etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar, shu jumladan kiberjinoyatlar, ularni keltirib chiqargan omillarga alohida to'xtalib o'tildi. 

    Shundan so'ng, harakat xavfsizligini va fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahlil qilindi. Bundan tashqari, tizimda mavjud muammolar o‘rtaga tashlanib, ularni bartaraf etish va samarali xizmatni tashkil etish borasida masʼullarga manzilli topshiriqlar berildi.

         Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech