5 Fevral 2025 yil 1058

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev Xatirchi tumani “Jaloyir” MFYda istiqomat qiluvchi turmush sharoiti og‘ir oilalar ahvolini o‘rgandi

  Davlatimiz rahbarining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash, kambag‘al oilalarni turmush sifatini yaxshilash va muammolarini o‘rganish borasida hududlarda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev ham ana shunday ijtimoiy tashabbus bilan Xatirchi tumanining “Jaloyir” mahallasida istiqomat qiluvchi turmush sharoiti og‘ir, daromadi kam fuqarolar xonadonlarida bo‘ldi.

  Mutasaddilar mazkur oilalar imkoniyatlarini o‘rgangan holda ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda amaliy yordam berishdi. Kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar qatorida nogironligi mavjud hamda tibbiy xizmatga muhtoj oila a’zolariga ham ko‘mak ko‘rsatildi.

  Bundan tashqari o‘rganishlar davomida kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar, imtiyozlar, subsidiyalar, kasbga o‘qitish va ishga joylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

 Kambag‘allikni qisqartirishda olib borilayotgan bu kabi kompleks yondashuvlar jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda, aholi turmush-sharoitlarini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

    Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech