25 Dekabr 2024 yil 2212

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi

   Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik  Azat Tasbayev, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Navoiy shahridagi “Yoshlar xiyoboni” va Gʻozg‘on shahri markazidagi ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni ko‘zdan kechirib, o‘rnatilgan “Yangi yil archasi” atrofida ko‘rilgan xavfsizlik choralari, kunduzgi va tungi xizmatga jalb etilgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda mutasaddi tashkilot xodimlarining faoliyatini o‘rgandi. 

   O‘rganishlar davomida, mas’ullarga ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida fuqarolarimiz tinchligi, hudud osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash asosiy vazifa ekanligi, shu maqsadda xodimlar hamda barcha maxsus texnikalar shay holda bo‘lishi va jalb etilgan kuch vositalarini to‘g‘ri joylashtirish lozimligi uqtirildi. 

   Fuqarolarning tashrifi vaqtida xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish va transport vositalarining tirbandligini oldini olish yuzasidan bir qator vazifalar yuklatildi.

        Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech