13 Sentyabr 2025 yil
208
Navoiy viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi shaxsiy qabulida huquqiy va ijtimoiy mazmundagi murojaatlar o’rganildi
Mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlar inson qadri uchun tamoyili asosida bo’lib, fuqarolar bilan ochiq muloqot o’rnatish, inson huquq va manfaatlarini ta’minlash va ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida viloyat IIB boshlig’ining navbatdagi shaxsiy qabuli o’tkazildi. Unda fuqarolarning moddiy yordam, bandlik, sud huqqa oid bir qancha muammolari tinglandi. Boshqarma boshlig’i tomonidan har bir murojaat alohida o’rganilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi. O'rganish uchun qo'shimcha muddat talab etadigan muammolar yuzasidan esa mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati