17 Noyabr 2025 yil
146
Navoiy viloyati IIB boshlig'ining navbatdagi shaxsiy qabulida fuqarolarning yechimtalab muammolari tinglandi
Xalq dardini tinglash, odamlar muammosiga yechim topish, aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatish har bir rahbar oldidagi eng dolzarb va eng ustuvor vazifadir. Ayni shu maqsadda Navoiy viloyati IIB boshlig'i polkovnik, Azat Tasbayevning navbatdagi shaxsiy qabuli tashkil etildi. Boshqarma boshlig'i tomonidan har bir murojaat atroflicha o'rganildi. Ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Koʻrib chiqish talab etilgan murojaatlarning ijrosi esa nazoratga olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati