Navoiy viloyati IIB boshlig'i, polkovnik Azat Tasbayev huzurida tezkor yig'ilish o'tkazildi
Unda viloyatning kriminogen vaziyati, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qarori ijrosini o'z vaqtida va sifatli ta'minlashga oid chora tadbirlar, "Xavfsiz ko'cha", "Xavfsiz yo'lak"larni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Shuningdek kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ'ibotlarni yanada kuchaytirish, fuqarolarning murojaatlariga o'z vaqtida qonuniy javob qaytarish, huquqbuzarliklar profilaktikasi yo'nalishidagi ishlarni yanada kuchaytirish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo'yicha qat'iy topshiriqlar berildi. Xizmatga jalb etilgan xodimlarning xizmat sifatini yaxshilash, yo'l-transport hodisalarining oldini olish masalalari ham muhokama qilindi.
Xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy rioya qilishlariga alohida to‘xtalib, fuqarolar bilan qo'pol munosabatga kirishmasliklari va bu borada nazoratni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi. Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida ham so‘z borib, aniq vazifalar belgilab olindi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati