24 Yanvar 2025 yil 2702

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayev tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

     Qabulda viloyatning turli hududlarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning 10 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Aksariyat murojaatlar ularning ijtimoiy faoliyati, kasbi yuzasidan bo‘lsa, ba’zilari shikoyat mazmunida bo‘ldi. Bundan tashqari ijtimoiy yordam va bandalik masalalari bo‘yicha ham bir-nechta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Mavjud masalalarning 3 tasi joyida hal etildi, 5 nafarining ijrosi va o‘rganilish  topshirig‘i mas’ullarga yuklatildi. 

        Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech