Navoiy viloyati IIB boshlig‘i tomonidan hudud profilaktika inspektorlari ishtirokida kriminogen vaziyatni yaxshilash jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tezkor yig‘ilish tashkil etildi
Respublikamiz bo‘ylab e’lon qilingan "Xavfsiz va sog‘lom yurt" tezkor-profilaktik tadbirlarini samarali o‘tkazish maqsadida viloyat IIB boshlig‘i huzurida tezkor yig‘ilish tashkil etildi. Unda hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, shahar-tuman IIB mas’ullari hamda jamoat tartibini saqlashga mas’ul sohaviy xizmat xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida jamoat xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklar hamda yo‘l-transport hodisalarining barvaqt oldini olish masalalari keng muhokama etildi.
Shuningdek, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish va bu borada muntazam ravishda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish, mavjud muammolarini o‘rganish, tez va sifatli hal etish hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.