16 Iyun 2025 yil
1194
Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi shaxsiy qabulida 10 dan ortiq fuqarolar murojaatlari tinglandi
Inson borki yashash davomida turli taqdir so‘qmoqlariga, muammolarga ro‘baro‘ keladi. Shunday paytda ko‘mak uchun uzatilgan qo‘l yashashga bo‘lgan ishonchni oshiradi.
Navoiy viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Azat Tasbayevning navbatdagi shaxsiy qabulida fuqarolarning turli mazmundagi muammolari tinglanib ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qabul davomida viloyatning shahar-tumanlaridan kelgan 10dan ortiq fuqarolarning ijtimoiy, moddiy, tibbiy hamda iqtisodiy masalalardagi murojaatlari soha mas’ullari bilan birgalikda o‘rganilib, huquqiy tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati